Главная » 2023 » Май » 10 » Tramp jurnalistni zo‘rlaganlikda aybdor deb topildi
17:57

Tramp jurnalistni zo‘rlaganlikda aybdor deb topildi


AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp jurnalist Elizabet Jin Kerrollni jinsiy zo‘rlaganlikda aybdor deb topildi. Sud uni jabrlanuvchiga umumiy hisobda 5 million dollar miqdorida tovon puli to‘lashga hukm chiqardi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Aytilishicha, Donald Tramp Manhettendagi federal hakamlar hay’ati tomonidan 1996 yilda hashamatli univermagning kiyim almashtirish xonasida Elizabet Jin Kerrollni zo‘rlagan, deb topilgan.

Kerrollning ta’kidlashicha, Tramp uni Bergdorf Goodman univermagida zo‘rlagan. So‘ngra uning bu haqdagi da’vosini rad etib, unga tuhmat qilgan. Shuningdek, Tramp Kerroll uning didiga mos kelmasligi, u o‘z kitobining sotuvlarini ko‘paytirish uchun bu voqeani o‘ylab topganini aytgan. 

2022 yilning noyabr oyida Kerroll Nyu-York shtatining yangi qonunidan foydalanib sudga murojaat qilgan. Bu qonun jinsiy zo‘ravonlik ayblovlari uchun muddatni olib tashlagan. Ya’ni jabrlanuvchilarga uzoq yillar oldin sodir bo‘lgan hodisa bo‘yicha ham sudga murojaat qilish imkoni berilgan.

Fuqarolik ishi bo‘yicha har qanday sudlanuvchi singari Tramp ham sud mahkamasiga kelishi shart emas va o‘z himoyasida guvohlik bermaslik huquqiga ega edi. Shuning uchun ham u sudda qatnashmagan.

Endi Tramp ishni tinch hal qilish doirasida Kerrollga 2 million dollar to‘laydi. Shuningdek, jurnalistga tuhmat qilgani va obro‘sizlantirgani uchun yana 3 million dollar beradi.

“Mening Donald Trampga qarshi sudga murojaat qilishimdan maqsadim nomimni oqlash va hayotimni qaytarib olish edi. Bugun dunyo nihoyat haqiqatni bildi. Bu g‘alaba nafaqat meniki, balki unga ishonishmagani uchun azob chekkan har bir ayolnikidir”, degan Elizabet Jin Kerroll.

Tramp esa Truth Social ijtimoiy media platformasida e’lon qilgan videosida u hukm ustidan shikoyat qilishni rejalashtirayotganini aytgan. Shuningdek, u Kerrollning kimligini bilmasligini da’vo qilgan va bu holatni “sharmandalik” va “siyosiy jodugar ovi” deb atagan. 

Trampning advokati Jo Tacopina sobiq prezident bilan gaplashganini va u davom etishga va oldinga borishga tayyorligini bildirgan.

“U ko‘pchilik singari hakamlar hay’atiga asoslangan Nyu-York sudida adolatli sudlov bo‘lmasligiga qat’iy ishonadi”, degan Tacopina sud binosi oldida.

Kerrollning bosh advokati Roberta Kaplan esa o‘z bayonotida hech kim, hatto Qo‘shma Shtatlarning sobiq prezidenti ham qonundan ustun emasligini aytgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: aybdor, topildi, zo‘rlaganlikda, jurnalistni, deb, Tramp | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz