10:27 Jasadi yoqilgan erkak 8 oy o‘tib, tirik holda topildi | |
Qayd etilishicha, 36 yoshli Dipak Balakrishnan Kanid 2022 yilning 7 iyulida Kerala shtatining Meppayur shahrida g‘oyib bo‘lgan. Erkakning yaqinlari uning g‘oyib bo‘lgani haqida politsiyaga ariza bilan murojaat qilgan. 17 iyul kuni Keraladagi plyajda jasad topilgan va uni yanglishib, Dipak deb e’lon qilishgan. Dafn marosimidan bir necha kun o‘tgach, politsiya aslida jasad Irshod ismli odamga tegishli ekani, u ham bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida bo‘lganini aniqlagan. Dipakning taxmin qilingan jasadidan olingan namunalarda o‘tkazilgan DNK testi dastlabki identifikatsiya noto‘g‘ri ekanligini tasdiqlagan. Shundan so‘ng, Dipak qidiruvga berilgan va jinoiy bo‘lim tergovni boshlagan. Goadagi mehmonxonalarni muntazam tekshirish chog‘ida politsiya mehmonlardan birida Dipakning raqamiga mos keladigan shaxsiy karta raqami borligini payqagan. Erkak hibsga olingan. Politsiya Keralalik hamkasblariga uning hibsga olingani haqida xabar bergan. Dipak politsiyaga Goaga kelishdan oldin Jaypur, Dehli va Panjob kabi turli joylarga sayohat qilganini aytgan. U tirikchilik maqsadida turli ishlar bilan shug‘ullangan. Dipak mehmonxonaga joylashgach, u g‘oyib bo‘lganidan sakkiz oy o‘tib, politsiya uni topgan. Jurnalistlar erkakka oilasi uni allaqachon dafn qilganini aytganda, Dipak faqat jilmayib, bu haqda bilmasligini ma’lum qilgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|