11:48 Qarshida bedarak yo‘qolgan 15 yashar bolaning jasadi kanaldan topildi | |
Qayd etilishicha, Qarshi tumanida istiqomat qiluvchi 2007 yilda tug‘ilgan T.D. joriy yilning 21 sentabr kuni soat 15:00 larda uyidan velosiped bilan chiqib ketib, qaytib kelmagan. Shundan so‘ng, uning yaqinlari bolani qidiruvga bergan. Oradan maʼlum vaqt o‘tgandan keyin bola jasadi Qarshi magistral kanali yonidan topilgan. Bolaning jasadi kanalda oqib ketayotganda fuqarolar tomonidan olib chiqilgan. Holat yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlangan. Mazkur holat yuzasidan hozirda Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|