13:20 Chinozda o‘ldirilgan fuqaroning jasadi Qozog‘istondan topildi | |
Toshkent viloyati Chinoz tumani “Chinmasjid” mahallasida 5-may kuni qotillik jinoyati sodir etilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi. Ma’lum bo‘lishicha, 1975-yilda tug‘ilgan F.M. soat 17:00 larda mast holda tanishi, 1982-yilda tug‘ilgan A.E. bilan janjallashib, bolta bilan uning boshiga bir necha bor urib, o‘ldirgan. “U 6-may kuni soat 10:30 larda A.E.ning murdasini Sirdaryo daryosiga tashlab yuborgan”, — deyiladi Bosh prokuratura axborotida. Marhumning murdasi 14-may kuni Qozog‘istonning Turkiston viloyati Keles tumanidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosi qirg‘og‘idan topilgan. Mazkur holat yuzasidan 18-may kuni Chinoz tumani prokuraturasi tomonidan F.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, u ushlangan.
Manba: "daryo.uz"
| |
|