18:21 Samarqandda o‘quvchi qiz “samosud” qilindi | |
Ushbu holat joriy yilning 8 may kuni Payariq tumanidagi 58-umumiy o‘rta ta’lim maktabida sodir bo‘lgan. Maktabning 11“B”-sinf o‘quvchilari – R.N. va F.D.lar tanaffus vaqtida o‘zaro tortishib qolgan. Oqibatda R.N. dugonasi D.F.ni turli xil so‘zlar bilan haqoratlagan va urgan. Olib borilgan o‘rganishlarga ko‘ra, o‘quvchilarni dars mashg‘ulotlarida nazoratsiz qoldirgani, o‘z lavozim majburiyatlarini to‘liq bajarmasdan sustkashlikka va mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun maktabning fizika fani o‘qituvchisi M.A.ga, 11“B”-sinf rahbari N.G‘.ga, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari X.A.ga va maktab psixologi N.A.larga nisbatan Mehnat kodeksining tegishli moddasiga asosan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan. Shuningdek, mazkur holat yuzasidan Payariq tumani Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda beshta qiz bir bo‘lib maktabdoshini kaltaklagandi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|