12:40 Toshkentda o‘quvchi qiz nega “samosud” qilingani oshkor bo‘ldi | |
331-maktab direktori o‘rinbosariga ko‘ra, janjalga qizlar o‘rtasidagi mish-mishlar sabab bo‘lgan. Jabrlanuvchi bir behayo suratdagi qizni o‘zidan yuqori sinfdagi o‘quvchi ekanini aytib, maktabda mish-mish tarqatgan. Buni eshitgan yuqori sinfda o‘qiydigan qiz esa uni hududdagi qurilishi bitmagan ob’ektda “samosud” qilgan. “Ushbu holat qizlar o‘rtasidagi dedi-dedi, mish-mish sabab yuzaga kelgan. Qizlar bo‘lgan-bo‘lmagan gaplarni bir-biriga vositachi sifatida tarqatishgan”, deydi direktor o‘rinbosari. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|