Главная » 2022 » Декабрь » 29 » Toshkentdagi ayrim zapravkalar noqonuniy faoliyat ko‘rsatib kelayotgani ma’lum bo‘ldi
18:33

Toshkentdagi ayrim zapravkalar noqonuniy faoliyat ko‘rsatib kelayotgani ma’lum bo‘ldi


Energetika vazirligi shtabi tomonidan 29-dekabr kuni o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Toshkent shahridagi ayrim avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari noqonuniy faoliyat yuritib kelayotgani aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Yangihayot tumanida joylashgan “Energomashtrans Impex” (Shaffof) MCHJga AGTKSH o‘zboshimchalik bilan belgilangan o‘chirish grafigiga rioya etmagan holda o‘rnatilgan bir martalik tamg‘alarni buzib, ko‘cha yoritish chiroqlarini o‘chirgan holda yashirincha faoliyat ko‘rsatayotgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur AGTKSH bugungi kunga qadar 2 marotaba qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygani sababli unga joriy yilning 4-dekabr kuni 50 400 metr kub (50,4 mln so‘m) va 21-dekabr kuni 921 600 metr kub (921,6 mln so‘m) qayta hisob-kitob qilingan.

29-dekabr kuni o‘tkazilgan tadbirda AGTKSHning modem qurilmasi o‘chirilgani va tabiiy gazdan o‘zboshimchalik bilan foydalanib kelayotgani sababli 460 800 metr kub (460,8 mln so‘m) qo‘shimcha hisob-kitob qilindi hamda tabiiy gaz yetkazib berish to‘xtatildi.

Shuningdek, Sergeli tumani, Yangi Toshkent halqa yo‘lida joylashgan “Mega oil biznes” MCHJga qarashli AGTKSH belgilangan o‘chirish grafigiga rioya etmagan holda o‘zboshimchalik bilan faoliyat ko‘rsatayotgani ma’lum bo‘ldi.

Ushbu AGTKSHning gaz hisoblagichi belgilangan tartibga ko‘ra ulanish nuqtasida joylashishi o‘rniga shoxobcha hududida o‘rnatilgan. Tadbir davomida AGTKSHning gaz hisoblagichini ko‘zdan kechirish imkoniyati bo‘lmagani sababli ASKUG tizimi orqali o‘rganilganda, “Hududgazta’minot” AJning metrologlari tomonidan gaz hisoblagichning parametrlari o‘zgartirilgani bo‘yicha xulosa qilindi.

Shuningdek, mazkur AGTKSH belgilangan kunlik gaz sarfini yashirincha kamaytirib ko‘rsatib kelayotgani ma’lum bo‘ldi va unga tabiiy gaz yetkazib berish to‘xtatildi. Aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: faoliyat, ayrim, zapravkalar, ma’lum, kelayotgani, toshkent, ko‘rsatib, bo‘ldi, noqonuniy | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz