15:13 Farg‘onada alkogol mahsulotlari va pirotexnika vositalarini muomalaga kiritmoqchi bo‘lganlar aniqlandi | |
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Rishton tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro U.T. va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqaro Yo.M. ga “Miskin” MFY hududida O‘zbekiston Respublkasi aksiz markasi bilan yelimlanmagan 76 dona "JACK DANIELS" nomli xorijda ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotini hamda 250 dona “VOLK” nomli pirotexnika vositalarini jami 5 036 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) va 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|