20:36 Toshkent va Farg‘onada chet el valyutalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi | |
Toshkent va Farg‘onada chet el valyutalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentning matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Ushbu tadbir davomida, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan savdo do‘koni atrofida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.Sh. fuqaro A.I.ga jami 8 000 AQSh dollarini 90,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Shu kabi, Departamentning Quvasoy shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Farg‘ona shahar dehqon bozori atrofida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan X.X. fuqaro I.K.ga 3 100 AQSh dollarini 34,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|