18:45 Surxondaryoda yonida “gashish” moddasini olib yurgan shaxs ushlandi | |
Surxondaryo viloyatining Denov tumanida 2022-yil 19-oktabr kuni soat 16:20 larda, viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda tuman IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, tumanning “Nurli manzil” mahallasida yashovchi, D.Abbosali (ism shariflar o‘zgartirilgan) qo‘shni mahalla hududida to‘xtatilib tekshirilganda uning yonidan, sof vazni 0.42 gramm bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib hujjatlashtirib olingan. 1-noyabr kuni D.Abbosaliga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|