17:30 Toshkentda 500 “ko‘kiga” haydovchilik guvohnomasi olib berishini aytgan firibgar ushlandi | |
Toshkent shahrida 500 AQSh dollari evaziga haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan IIB va DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Ushbu jarayon davomida, fuqaro Z.B. fuqaro D.O.ga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali “B” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|