15:14 Qashqadaryoda tanishlari orqali jazoni yengillatib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi | |
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro F.S. (muqaddam sudlangan) fuqaro D.M.ning ishonchiga kirib, uning transportdan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzganligi yuzasidan IIB organlarida tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha tanishlari orqali yengilroq jazo tayinlatib berish evaziga 3 100 AQSH dollari va 23,0 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanib, F.S. o‘z ixtiyori bilan ushbu olgan pullari hisobidan 500 ming so‘mni qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirigan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|