14:15 Fuqaroning shaxsiy fotosuratlarini tarqatmasligi uchun pul talab qilgan tovlamachi ushlandi | |
Fuqaroning shaxsiy fotosuratlarini tarqatmasligi uchun pul talab qilgan tovlamachi ushlandi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik xizmati xabar berdi. Xorazm viloyati Urganch shahrida yashovchi fuqaro O.O. ariza bilan murojaat qilib, unga tegishli bo‘lgan mobil qurilmasida saqlanayotgan boshqalar ko‘rishi mumkin bo‘lmagan shaxsiy fotosuratlari o‘zining ehtiyotsizligi sababli nomaʼlum shaxslar tomonidan qo‘lga kiritilganligi hamda ular ijtimoiy tarmoqlarga tarqatmaslik evaziga 35.000.000 so‘m pul talab qilayotganligini bildirib, nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan. Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida pullarni o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan shaxs Xorazm viloyati Urganch shahrida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan Q.B. ekanligi aniqlanib, u 35.000.000 so‘m miqdordagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Q.B.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|