19:39 O‘qishga kirish orzusidagi fuqarolardan pul undirayotganlar ushlandi | |
Qayd etilishicha, Shayxontohur tumanida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetning kabinet mudiri vazifasida ishlovchi S.M. fuqaro Sh.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali universitetning 2-mutaxassisligiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan. Xizmati evaziga 3 000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Shu kabi, Andijonda fuqaro SH.A. fuqaro D.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Andijon davlat universitetining sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3 000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan. Xorazm viloyati Yangiariq tumanida fuqaro S.I. boshqa bir fuqaro Z.ni tanishlari orqali Urganch davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 300 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Xabarga ko‘ra, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|