17:22 Navoiy aeroportida xorijga pul olib ketayotgan shaxslar ushlandi | |
Navoiy xalqaro aeroportida xorijga 17,5 ming AQSH dollarini deklarasiyada taqdim etmasdan olib chiqishga uringan shaxslar ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi. Qayd etilishicha, aeroport chegara-bojxona postida qo‘shni mamlakatga uchib ketayotganlar orasidagi to‘rt nafar fuqaroning xatti-harakati bojxonachilar e’tiborini tortgan. Ushbu shaxslar belgilangan tartibda to‘xtatilib, bojxona nazoratdan o‘tkazilgan. Natijada ularning yonida yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida ko‘rsatilmagan 17,5 ming dollar xorijiy valyuta borligi aniqlangan. Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|