11:42 Qashqadaryoda MTT rahbari pora bilan ushlandi | |
Qashqadaryoda MTT rahbari pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi. Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda fuqaro M.F.ning arizasi yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Dehqonobod tumanidagi 7-sonli MTT rahbari N.O. ishga qabul qilish evaziga 300 AQSH dollarini M.F.dan olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan N.O.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|