19:14 Qashqadaryoda fermer xo‘jaligi maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar aniqlandi | |
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chiroqchi tuman bo‘limi tomonidan tuman kadastr bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Mustaqillik” MFYdagi "B.J." fermer xo‘jaligiga “Paxta-g‘allachilik” va “Chorvachilik-bog‘dorchilik” yo‘nalishi uchun ijaraga berilgan yer maydonining 48 sotixini 4 nafar fuqaro o‘zboshimchalik bilan egallab olib, uy-joy qurayotganliklari aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 229-1-moddasi (yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Manba: "Xabardor.uz"
| |
|