19:44 Sanʼat va madaniyat institutining katta o‘qituvchisi pora bilan ushlandi | |
Departamentning aniqlashicha, fuqaro Z.I. boshqa fuqaro G‘.ni tanishlari orqali O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan. U mazkur xizmati evaziga G‘.dan 7 500 dollarni olgan vaqtida ushlangan. So‘ngra, Z.I. ning ko‘rsatmasiga asosan tekshiruv davom ettirilganda, ushbu institut katta o‘qituvchisi B.M. fuqaro Z.I.dan 6 ming dollarni pora sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro Z.O‘. 1 500 dollar evaziga fuqaro I.ning qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi universitetidagi o‘qishini Farg‘ona davlat universitetiga ko‘chirib bermoqchiligi aniqlangan. U kelishilgan pulning 1 000 dollarini qo‘lga kiritib, qolgan 500 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Xabarga ko‘ra, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|