10:56 Toshkent viloyatida gaz taʼminoti xodimi pora bilan ushlandi | |
Qayd etilishicha, joriy yilning iyulь oyida “Nanila Farm” MChJ rahbari D.H.dan yangi gaz hisoblash uskunasini oʼrnatishda koʼmak berishini va 13 mln soʼm miqdoridagi qarzdorlikni yopib berishini soʼragan. U oʼz navbatida MChJ rahbari “Toshkenttumangaz” gaz taʼminoti boʼlimi boshligʼi Ilhom Yoqubovga yordam soʼrab murojaat qilgan, ammo undan rad javobini olgan. D.H. esa tadbirkorning takroriy qoʼngʼiroq va iltimoslaridan soʼng masalani hal qilishda koʼmaklashishga qaror qilgan va mukofot sifatida 8 mln soʼm soʼragan. Tuman oshxonalaridan birida kelishilgan summani olayotgan vaqtda, u huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qoʼlga olingan. Vaziyatni oʼrganish davomida aniqlanishicha, “Nanila Farm” MChJ tabiiy gazdan qarzdorligi uchun gaz taʼminoti tarmogʼidan uzib qoʼyilgan. Bugungi kunda, oʼziga yuklatilgan vazifaga lozim darajada yondashmagani va beparvo munosabatda boʼlgani uchun “Toshkenttumangaz” boshligʼi Ilhom Yoqubov bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|