11:02 Surxondaryoda XTB xodimi maktab direktoridan pora olayotganda ushlandi | |
Qayd etilishicha, joriy yilning 3 avgust kuni DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qiziriq tuman bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan tadbir o‘tkazilgan. Unda Qiziriq tuman XTB ekspluatatsiya bo‘limi xodimi H.A. tumandagi 1-son umumtaʼlim maktabining faoliyatiga aralashmaslik va tekshirmaslik vaji bilan maktab direktoridan 500 AQSH dollarini pora sifatida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Hozirda H.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 212-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|