15:11 Yaponiya Ukrainani generatorlar va quyosh panellari bilan ta’minlaydi | |
Yaponiya tashqi ishlar vazirligi Ukrainaga generatorlar va quyosh panellari ko‘rinishida jami 2,57 million dollar miqdorida favqulodda gumanitar yordam ko‘rsatilishini e’lon qilgan. “Bugun, 22-noyabr kuni Yaponiya hukumati qish mavsumida Ukrainada energetika sohasini qo‘llab - quvvatlash choralari sifatida taxminan 2,57 million dollarlik favqulodda yordam yuborishga qaror qildi”, deydi Yaponiya tashqi ishlar vazirligi rahbari Yoshimasa Xayashi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, “kunlar sovuq va qisqaroq bo‘lganda, elektr uzilishi sababli isitish yoki yoritish uskunalaridan foydalana olmaydiganlar uchun bu yordam juda muhimdir”.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|