16:31 FVVga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi | |
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Karmana tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Z.Sh. fuqaro Sh .ni Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 20 mln so‘mni olgan vaqtida ushlangan. Shuningdek, Z.Sh.ning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, joriy yilning iyul oyiga qadar Navoiy shahar hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlagan T.A. fuqaro Sh. ga o‘zini go‘yoki hokim o‘rinbosari deb tanishtirib, o‘zida saqlab qolgan xizmat guvohnomasini ko‘rsatib, uni Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 19,6 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, viloyat narkologiya dispanseri xodimi Sh.R. va viloyat perinatal markazi xodimi M.I. fuqaro M. ni RSHTTYOIM Buxoro filialiga hamshira vazifasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1 900 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar. Shu kabi, Departamentning Jizzax shahar bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.Q. fuqaro A. ni tanishlari orqali 1 350 AQSH dollari evaziga Latviya davlatiga ishga yuborish hamda fuqaro Yu. ni chet elga yuborishda elektron navbatni tezlashtirib berishini aytib, oldindan 450 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|