17:35 Bankomat pullarini talon-taroj qilgan bank xodimlari qo‘lga olindi | |
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan ATB "Turonbank" Navoiy filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, bankning Navbahor bank xizmatlari ofisi mas’ul xodimlari bankomatga kirim qilish uchun ajratilgan 336 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari, shuningdek ushbu bankomat kassetasidan 98,8 mln so‘mni yechib olishib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|