12:27 Toshkentda tanishini 270 000 “ko‘ki”ga tushirgan fuqaro ushlandi | |
Toshkent shahrida o‘z tanishining 270 000 AQSH dollari miqdoridagi pullarini o‘z manfaati yo‘lida ishlatib yuborgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati ma’lum qildi. Qayd etilishicha, Chilonzor tumani Ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limidan kelib tushgan xabarga ko‘ra, 2022-yilning may oyidan oktyabr oyiga qadar 22 yoshli A. tanishi 23 yoshli B.ga qandolat mahsulotlarini sotish orqali sherikchilikda tadbirkorlik qilishni va’da qilgan va bo‘lib-bo‘lib jami 270 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olib, o‘z extiyojlari uchun sarflab yuborgan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|