12:43 Toshkentda mayitni o‘likxonadan chiqarish evaziga 200 dollar talab qilgan ekspert ushlandi | |
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz’ga Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov xabar berdi. Tadbir davomida Sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi Toshkent shahar filiali boshlig‘i o‘rinbosari va o‘rindoshlik asosida komission ekspertizalar bo‘limi sud-tibbiy eksperti Z.U. o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaro I.ning 2020 yil 15 avgust kuni vafot etgan qarindoshi A.ning murdasini o‘likxonadan chiqarib berish evaziga 200 AQSh dollarini tamagirlik yo‘li bilan talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Z.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Manba: "kun.uz"
| |
|