18:44 Toshkentda tadbirkorning 35 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan firibgar aniqlandi | |
Toshkent shahar Chilonzor tumanida tadbirkorning 35 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan firibgar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentning matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Ushbu tadbir davomida, fuqaro A.Ch. “F.B.” MChJ rahbari A.K.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida “Do‘mbirobod” MFY hududida qurilayotgan ko‘p qavatli savdo kompleksi oldida joylashgan umumiy maydoni 428,4 m2 bo‘lgan avtoturargohda ushbu MChJ tomonidan zamonaviy ko‘rinishdagi savdo shoxobchalarini qurish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishini aytib, aldov yo‘li bilan tadbirkorning 35 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritganligi aniqlanib, A.Ch. o‘z ixtiyori bilan 35 000 AQSh dollarini qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|