16:41 MDHning ikki davlati AQSHning yangi sanksiyalar ro‘yxatiga tushib qoldi | |
Ma’lum qilinishicha, AQSHning navbatdagi sanksiyalari ikki maqsadli deb hisoblanuvchi texnikalar, jumladan, kiyim quritgich, qor tozalagich va sut sog‘ish apparatlari kabi kundalik hayotda ishlatiladigan jihozlarga qaratilgan bo‘lib, ular Ukraina urushida Rossiyaning ishdan chiqqan texnikalarini ta’mirlash uchun ishlatilishi mumkinligi taxmin qilinadi. “Siz hozir hatto kontakt linzalari yoki quyoshdan saqlovchi ko‘zoynaklarni ham jo‘natolmaysiz”, deydi advokat Kevin Vulf. E’tiborlisi, qora ro‘yxatda Rossiyaning 69 ta kompaniyasidan tashqari Armaniston va Qirg‘izistonning ham bittadan kompaniyasi ham qayd etilgan. Bunday kompaniyalar sirasiga Rossiyadagi samolyotlarni ta’mirlash va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish zavodlari, porox, traktor va avtomobil korxonalari, kemasozlik zavodlari va muhandislik markazlari kiradi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|