16:30 Davlat xavfsizlik xizmatiga yangi vazifalar yuklatilyapti | |
Qarorga muvofiq, quyidagilar: muhim axborot infratuzilmasi (keyingi o‘rinlarda — MAI) ob’ektlarida kiberxavfsizlikning ta’minlanganlik darajasini kuzatib borish, ularni baholash va monitoring qilish tartibini ishlab chiqish; raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi bilan birgalikda kiberxavfsizlikni ta’minlash hamda rivojlantirish holati ustidan nazorat va monitoring olib borishda ishtirok etish; o‘ta muhim va toifalangan MAI ob’ektlarida kiberxavfsizlikni ta’minlash yuzasidan nazorat tadbirlarini o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparatini xabardor qilish hamda ularning natijalari to‘g‘risida 48 soat ichida yozma axborot kiritish; joriy yilning 1 oktyabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi MAI ob’ektlarining vaqtinchalik yagona davlat reyestrini shakllantirish hamda MAI ob’ektlarini toifalash tartibini belgilovchi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash kabilar DXX vazifasiga kiradi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|