20:14 Hukumatda yirik tebranish. Prezident yangi vazirliklarga eski vazirlarni tayinladi | |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan Hukumat tarkibida qator o‘zgarishlar bo‘ldi. Unga ko‘ra: • Ochilbay Jumaniyazovich Ramatov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga; • Jamshid Anvarovich Qo‘chqarov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga; • Jamshid Abduhakimovich Xo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga; • Zulayho Baxriddinovna Mahkamova O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga; • Sherzod Davlatovich Qudbiyev O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga; • Laziz Shavkatovich Qudratov O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri lavozimiga; • Bobir Farhadovich Islomov O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri lavozimiga; • Botir Erkinovich Zokirov O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri lavozimiga; • Behzod Anvarovich Musayev O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga; • Ibrohim Yo‘lchiyevich Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga; • Hilola O‘ktamovna Umarova O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga; • Aziz Abduqahhrovich Abduhakimov O‘zbekiston Respublikasi tabiat resurslari vaziri lavozimiga; • Adham Ilhomovich Ikromov O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri lavozimiga; • Sherzod Xotamovich Shermatov O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri lavozimiga; • Ozodbek Ahmadovich Nazarbekov O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vaziri lavozimiga; • Jo‘rabek Tursunpulatovich Mirzamahmudov O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri lavozimiga; • Amrillo Shodiyevich Inoyatov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|