19:28 Shavkat Mirziyoyev Saida Mirziyoyevani yangi lavozimga tayinladi | |
Prezident farmoyishi bilan Saida Shavkatovna Mirziyoyeva Prezident Administrasiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikasiyalar va axborot siyosati bo‘yicha shoʻba mudiri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. Qayd etilishicha, ushbu shoʻba yangidan tuzilgan bo‘lib, Prezident Administrasiyasi rahbarining jamoatchilik fikrini o‘rganish va axborot siyosati uchun mas’ul o‘rinbosari tizimi tarkibiga kiradi. Shuningdek, S.Sh.Mirziyoyeva ijtimoiy soha, madaniyat va ta’lim sohalaridagi islohotlar ijrosining borishini ham nazorat qiladi. Ta’kidlanishicha, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchisi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti magistri, iqtisodiyot fanlari nomzodi Saida Mirziyoyeva ko‘p yillar davomida turli sohalarda, shuningdek, 2019-2020-yillarda Prezident Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktorining o‘rinbosari, 2020-yildan bugungi tayinlovga qadar Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish fondi vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari lavozimlarini egallagan.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|