19:42 Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga yetib bordi | |
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga bordi. Davlat rahbarini Fransiya yuqori martabali rasmiy shaxslar kutib oldilar. Shavkat Mirziyoyev tashrif doirasida Fransiya prezidenti bilan uchrashadi. Unda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi, jami 14ta muhim hujjat imzolanadi. Prezident, shuningdek, Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutida o‘tkaziladigan ko‘rgazmalar ochilishida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|