16:37 Blinken Mirziyoyevdan nima so‘ragani ma’lum qilindi | |
Blinken ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashar ekan, unda tashrifi maqsadi va Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan suhbati mavzularini ochiqladi. Ular orasida Qoraqalpog‘iston voqealari ham bor. “2022 yilning iyul oyida Nukusda sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar chog‘ida kuch ishlatar idoralar xodimlari tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar O‘zbekiston tomonidan to‘liq va shaffof tergov qilinishi tarafdorimiz”, degan Blinken. Shuningdek, u Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan din erkinligi hamda inson huquqlari sohasida islohotlarni to‘liq amalga oshirishni ham muhokama qilingan. Ma’lumot uchun, 2022 yilning 28 noyabr kuni 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga doir jinoyat ishi yuzasidan Buxoro viloyat sudida sud jarayoni boshlangandi. 31 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida 22 kishiga hukm o‘qildi. 6 fevral kuni ushbu voqealarga aloqador yana 39 kishiga qo‘yilgan ayblovlarni ko‘rib chiqish uchun sud majlisi o‘z ishini boshladi. Qolaversa, Nukus voqealari bo‘yicha 3 nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|