15:53 O‘zbekistondagi gaz zapravkalari qachon odatiy ish tartibiga qaytishi ma’lum qilindi | |
“O‘ztransgaz” ayrim gaz-zapravkalarda tanish-bilishchilik qilinayotgani hamda ayrim avtotransportlarga metan gaz to‘ldirilayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga ham izoh berdi.Unda aytilishicha, aholi, ijtimoiy ahamiyatga molik obyektlar va qozonxonalarni tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida respublikadagi mulkchilik shaklidan qat’i nazar har qanday ulgurji iste’molchilar, xususan, AGTKSHlarga tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Ammo, har bir viloyat hokimliklari bilan kelishilgan holda, ayrim AGTKSHlar kunning ma’lum vaqtida 1 soatdan 3 soatgacha oraliqda uy-joy mulkdorlari shirkatlari, elektr ta’minoti korxonalari, obodonlashtirish boshqarmalari, aholiga propan to‘ldirilgan gaz balonlar yetkazib beruvchi tashkilotlarning avtotransport vositalariga xizmat ko‘rsatmoqda. Eslatib o‘tamiz, anomal sovuq tufayli quvurlarda gaz bosimining keskin pasaygani sababli 12-yanvardan O‘zbekistondagi barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati vaqtincha to‘xtatilgandi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|