16:30 Mirziyoyev qayta saylansa, 5 ta yo‘nalishga urg‘u qaratmoqchi | |
Dasturga ko‘ra, birinchi yo‘nalish ta’lim sohasini qamrab oladi. Dunyodagi “Top-500”ga kiradigan chet el oliygohlari bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo‘shma o‘quv dasturi va “ikki diplomli tizim” joriy etiladi. “Bio-texnologiya, sun’iy intellekt va boshqa yuqori texnologik yo‘nalishlarda yiliga 500 nafar iste’dodli yoshlarimizni eng nufuzli xorijiy oliygohlarga davlat hisobidan o‘qishga yuboramiz. Buning uchun, 200 million dollar yo‘naltiramiz”, dedi Mirziyoyev. Kelgusi yetti yilda ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish uchun 1 milliard dollar ajratiladi. “Biz hurmatli professor va akademiklar, ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan magistr va aspirantlar, oliygohlar o‘qituvchi va domlalari, bir so‘z bilan aytganda, zahmatkash ilmiy va ijodkor ziyolilarimiz Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shayotganini yuksak qadrlaymiz”, deya ta’kidlagan Prezident. Bu yil O‘zbekiston ilm-fanining asosiy tayanchi bo‘lgan Fanlar akademiyasi tashkil topganiga 80 yil to‘ladi. Ushbu sana keng nishonlanishi ta’kidlandi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|