12:59 Tadbirkorlar Mirziyoyevdan “maska-shou”lar qaytarilmasligi uchun kafolat so‘rashgan | |
Andijonda tadbirkorlar O‘zLiDePdan O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda “maska-shou”lar qaytarilmasligini kafolatlab berishni so‘ragan. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev viloyatda saylovchilar bilan uchrashuvda aytib o‘tdi, deya xabar qildi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev.
Deputatning so‘zlariga ko‘ra, kuchli qonun himoyasi bo‘lmagan joyga investitsiya kiritish, rivojlanishga erishish masalasi gumon ostida qoladi. Shu bois, qonun ustuvorligi va qonun oldida barchaning tengligi prinsipi amalda to‘liq kafolatlanishi shart. Ma’lumot uchun, Andijonda Shavkat Mirziyoyevning saylovchilar bilan uchrashuvi Andijon viloyat Nuroniylar jamg‘armasi raisi, nomzodning ishonchi vakili – O‘ktamjon Oxunov moderatorlik qilmoqda. Uchrashuv Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida bo‘lib o‘tmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|