Главная » 2023 » Февраль » 23 » To‘qayev Olmaotada seysmik xavfsizlik choralarini tasdiqladi
15:28

To‘qayev Olmaotada seysmik xavfsizlik choralarini tasdiqladi


Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Olmaota shahrining seysmik xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ma’qulladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi. 

Hokim To‘qayevga 2022 yil 16 noyabrda Olmaota shahri jamoatchiligi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda e’lon qilingan uning ko‘rsatmalarini hisobga olgan holda tayyorlangan shaharning 2040 yilgacha bo‘lgan yangi bosh rejasini ishlab chiqishning asosiy yondashuvlari haqida ma’lumot bergan. 
“Prezident tomonidan seysmik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha taklif etilayotgan chora-tadbirlar va joriy yilning ikkinchi yarmida shahar ob’ektlarining sertifikatlashtirishni yangilash imkonini beruvchi seysmik audit o‘tkazish rejalari tasdiqlandi”, deyiladi xabarda. 

Davlat rahbariga Jahon banki bilan hamkorlikda ishlab chiqilayotgan shahar “yashil yo‘laklari”ni yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi to‘g‘risidagi oraliq ma’ruzasi ham taqdim etilgan. Ushbu tashabbuslar doirasida yashil hududlar, jumladan, daryolar va kanallar bo‘ylarini ko‘paytirish rejalashtirilgan. 

Prezident Olmaota sanoat zonasi hududida avtomobil klasterini shakllantirish jarayoni bilan tanishdi. 

“To‘qayev daromadlarning real o‘sishini ta’minlash va shahardagi ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni faollashtirish bo‘yicha topshiriq berdi”, deya qo‘shimcha qildi Prezident Matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Turkiyada 7 balldan ortiq (mahalliy vaqt bilan soat 04:17 da – 7,7 ball va soat 13:24 da – 7,6 ball) bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi. 

Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an tabiiy ofat minglab qurbonlar berilgani munosabati bilan yetti kunlik milliy motam e’lon qildi. Turkiya davlat bayroqlari butun mamlakat bo‘ylab yarimga hilpiratildi. 

Vayronkor zilzila qo‘shni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Kipr Respublikasi va Iroqda ham sezildi.

Ayni vaqtda qurbonlar 42 ming 310 nafarni tashkil etmoqda. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Olmaotada, tasdiqladi, choralarini, xavfsizlik, seysmik, To‘qayev | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz