Главная » 2022 » Ноябрь » 17 » Ukraina xavfsizlik xizmati Ramzan Qodirovni qidiruvga berdi
11:33

Ukraina xavfsizlik xizmati Ramzan Qodirovni qidiruvga berdi


Ukraina xavfsizlik xizmati Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni qidiruvga berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, unga ikki modda, jumladan, tajovuzkor urush yoki agressiv harbiy amaliyotlar olib borish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

Ukraina Jinoyat kodeksiga ko‘ra, Qodirov o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Keyinroq Checheniston rahbari Ukraining ushbu harakatlariga munosabat bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, u Ukrainada bir necha bor bo‘lgan va uni qo‘lga olish bilan kimdir shug‘ullanayotganini payqamagan.

“Xavfsizlik kuchlari janoblari, bir nuqta qo‘ying, men o‘zim kelaman, siz uchun kelaman va barcha jinoyatlaringiz uchun sizni jazolayman”, - dedi Qodirov Telegram’da e’lon qilingan videosida.
Tergov qo‘mitasi Qodirov hamda Surovikinni Kiyev tomonidan javobgarlikka tortilishini tekshirmoqda.

Qodirov Ukraina tomonidan qidiruvga berilgan birinchi rossiyalik siyosatchi emas.
Avvalroq bu TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova va Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevga ta’sir qilgan edi.

Ular Ukraina hududiy yaxlitligiga tajovuz qilishda ayblangan. Bundan tashqari, Xavfsizlik kengashining yana bir qator aʼzolari va Rossiya harbiy qoʻmondonligi vakillari qidiruvga berilgan edi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: qidiruvga, berdi, xavfsizlik, ramzan, xizmati, Qodirovni, ukraina | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz