Главная » 2023 » Май » 27 » O‘zbekistonda 400 ming so‘mlik banknot chiqarilyaptimi? MB izoh berdi
12:54

O‘zbekistonda 400 ming so‘mlik banknot chiqarilyaptimi? MB izoh berdi


Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda yangi kupyura chiqqani haqida xabarlar e’lon qilinib, 400 ming so‘m deb yozilgan kupyura tasviri tarqaldi. Markaziy bank matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga ushbu xabarlar yolg‘on ekanini ma’lum qildi.

Bildirilishicha, 400 ming so‘mlik yoki boshqa turdagi kupyuralarning chiqishi hozircha rejalashtirilmagan. Bunday bo‘lgan taqdirda birinchi navbatda bankning rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.

Qayd etish joiz, tarmoqlarga sizdirilgan sur’at ayni paytda muomalada bo‘lgan yangi ko‘rinishdagi 100 ming so‘mlik kupyura bilan bir xil ko‘rinishga ega. 

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 15 iyulidan boshlab O‘zbekistonda yangi ko‘rinishdagi nominal qiymati 200 000 so‘m bo‘lgan banknot shaklida pul belgilari muomalaga chiqarilgan edi. Markaziy bank O‘zbekistonda eng katta pul birligi bo‘lgan 200 ming so‘mlik banknotni inflyatsiya sabab emas, odamlarga qulaylik yaratish maqsadida muomalaga chiqarilganini ma’lum qilgan. 

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekiston, banknot, berdi, chiqarilyaptimi, izoh, 400 ming, so‘mlik, MB | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz