11:28 Jizzaxda ayiq ikki kishini o‘ldirdimi? Ekoqo‘mita izoh berdi | |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi holatga munosabat bildirib, tezkor o‘rganish o‘tkazilganini va xabarlar yolg‘on ekani aniqlanganini maʼlum qildi. Qo‘mitaga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan ushbu holat aslida Rossiya Federatsiyasining Baykalorti o‘lkasida sodir bo‘lgan. “Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Amur viloyatining Hayvonot dunyosini muhofaza qilish boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan rasmiy munosabat bildirilgan”, deyiladi Ekoqo‘mita xabarida. Idora fuqarolardan bu kabi noto‘g‘ri maʼlumotlarga ishonmaslikni so‘rab, O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq yolg‘on xabarlar tarqatish javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida eslatib o‘tgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|