10:41 Angrendagi Spark'lar kimniki? “O‘zavtosanoat” izoh berdi | |
“Kompaniya berilgan postdagi noaniqlik tufayli, joriy yilning 20 avgust kuni 2022 yilda UzAuto Motors Chevrolet Spark avtomobillarini ishlab chiqarishni to‘xtatishga majburligi haqida eʼlon qilganini rasman maʼlum qiladi. Bu qaror joriy yilning avgust oyidan boshlab, AQShning General Motors kompaniyasi tomonidan ushbu avtomobillarni va ular uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish to‘xtatilishi bilan bog‘liq”, deyiladi munosabatda. Qayd etilishicha, UzAuto Motors ushbu avtomobil modeliga bo‘lgan talabning yuqori ekanligi bois o‘zida mavjud butlovchi qismlardan ishlab chiqarilgan Chevrolet Spark partiyasidan tashqari, eksportga chiqariladigan avtomobillarni ichki bozorga yo‘naltirishga qaror qilgan. Joriy yilning 20 avgust kunidan boshlab avtomobillar uchun kontraktatsiya boshlangan. Birinchi kunning o‘zidayoq barcha mavjud avtomobillar uchun jami 12 600 ta shartoma tuzilgan: 8 200 dona Spark va 4 400 dona Nexia avtomobili. “Ularni barcha dilerlik markazlariga yetkazib berish ishlari faol olib borilmoqda. Suratda allaqachon mijozlar tomonidan shartnoma tuzilgan va keyinchalik mijozga yetkazib berish uchun Angren shahriga yetkazilgan avtomobillar ko‘rsatilgan. Tez orada Chevrolet Nexia avtomobillari ham Angren shahriga mijozlarga yetkazib berish uchun jo‘natiladi. Angren shahridagi Yuk ortish va tushirish terminali UzAuto Motors'ning tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, avtomobillarni Qamchiq dovonining g‘arbidagi dilerlik markazlariga tarqatilishidan oldin tranzit saqlash uchun mo‘ljallangan”, deyiladi kompaniya xabarida.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|