17:53 Toshkentdagi bekat oldida ayol kishining murdasi qotillik alomatlari bilan topildi | |
Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumani Shahriston bekati oldida odam o‘ldirib ketilganligi haqida xabarlar tarqalgan. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, 2020-yil 12-dekabr kuni Yunusobod tumani, Gisar ko‘chasida shaxsi noma’lum yoshi taxminan 35-40 lardagi osiyo millatiga mansub ayol kishining murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyatni fosh etishga qaratilgan tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: "xabar.uz"
| |
|