18:55 Turkiyada o‘zbekistonlik ayol eri tomonidan pichoqlab o‘ldirildi | |
Turkiyada o‘zbekistonlik ayol eri tomonidan pichoqlab o‘ldirildi Turkiyaning Istanbul shahri G‘oziyusmonposhsho tumanida 45 yashar O‘zbekiston fuqarosi Abdujalol Umirzoqov 10 yillik 33 yashar rafiqasi Shahlo Muxtorovani pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Turkiya mahalliy nashrlari ma’lum qildi. Qayd etilishicha, o‘zbekistonlik Abdujalol U. 7 oy oldin rafiqasi Shahlo Muxtorova va 3 nafar farzandi bilan Turkiyaga kelgan. Ayol ikki oy avval Shonliurfa viloyatiga borib, u yerdan ish topgan, ammo eri uning ishlashiga ruxsat bermagan. Bu orada ayol Istanbulga qaytib, Fotih tumanida yashashni boshlaydi. Joriy yilning 25 noyabr kuni er yana turmush o‘rtog‘ini G‘oziyusmonposhsho tumanidagi uyiga olib keladi. Birozdan keyin ayol yana ishlamoqchi ekanini aytganda, janjal yana takror alanga oldi. Shu vaqt janjal chiqadi va er ayolini oshxona pichog‘i bilan pichoqlaydi. Janjal ovozini eshitgan qo‘shnilar politsiya va tez tibbiy yordamga xabar bergan. G‘oziyusmonposhsho jamoat xavfsizligi byurosi guruhlari voqea joyiga kelib, Abdujalol U.ni qo‘lga oldi. Tibbiy guruhlar Shahlo Muxtorovaning vafot etganini aniqladi. Ayolning jasadi ekspertiza uchun Sud-tibbiyot ekspertizasi institutiga olib ketilgan, er esa qo‘lga olingan.
Manba: "Qalampir.uz"
| |
|