21:46 Toshkentda mast erkakka karate usulini ko‘rsatgan ayol pichoqlab o‘ldirildi | |
2020 yilning 23 dekabr kuni soat 09:03 da Toshkent shahri Yashnobod tumanida tan jarohatlari bilan ayol kishining jasadi topilgan va u 31 yoshli D.K. ekani aniqlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoda. Ma’lum qilinishicha, 2020 yilning 22 dekabr kuni soat 16:30 larda D.K. tanishlari A.K. va V.A. lar bilan A.K. ga tegishli uylardan birida tibbiyot spirtini iste’mol qilgan. So‘ngra, D.K. mast holatda bo‘la turib, “karate” uslublarini ko‘rsatgan. Shu vaqtda D.K. V.A. ga behosdan jarohat yetkazgani oqibatida V.A. ning jahli chiqib, oshxona pichog‘i bilan unga ikki marta jarohat yetkazgan. D.K. uydan chiqib ketgan, lekin tan jarohatlari tufayli vafot etgan. Holat yuzasidan JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. V.A. ga nisbatan “qamoqqa olish” tariqasidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|