18:10 Yashnobodda ayol o‘z hamkasbini pichoqlab o‘ldirdi | |
2022-yilning 4-sentyabr kuni soat 00:30 larda 26 yoshli K.G.(ayol) o‘zi ishlab kelayotgan Toshkent shahar Yashnobod tumani Torariq ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish joyida bo‘la turib, mazkur oilaviy oshxonada o‘zi bilan birga ishlovchi 28 yoshli, mast holatdagi M.S. (erkak) bilan o‘zaro janjallashib qolib, o‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik natijasida, oshxona pichog‘i bilan M.S.ning qorin qismiga bir marotaba zarba berib, tan jarohati yetkazganligi aniqlangan. Natijada, M.S. olgan tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Yashnobod tuman IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan K. G. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, K. G. protsessual tartibda ushlangan.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|