19:27 Toshkentda uch erkak va bir ayol spirtli ichimlikdan zaharlanib vafot etdi | |
Joriy yilning 8 oktabr kuni Yashnobod tumani, Qorasuv ko‘chasi, 29B-uy, 47-xonadondan 4-sonli shahar klinik shifoxonasiga “nomaʼlum etiologiyali koma” tashxisi bilan olib kelingan 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro R.Yanberdin shifoxonada vafot etgan. Bundan tashqari, 9 oktabr kuni spirtli ichimlik isteʼmol qilib, 4-sonli shahar klinik shifoxonasiga “nomaʼlum koma” tashxisi bilan olib kelingan fuqarolar 1980 yilda tug‘ilgan I.Chalchenko, 1957 yilda tug‘ilgan V.Lukanin hamda 1966 yilda tug‘ilgan T.Dmitriyeva ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan shifoxonada vafot etishgan. Xuddi shu kabi, 9 oktabr kuni T.Dmitriyevaning o‘g‘li 1989 yilda A.Gadelshin RSHTYOIM toksikologiya bo‘limiga “nomaʼlum etiologiyali koma holatida o‘tkir zaharlanish” tashxisi bilan olib kelingan. 9 oktabr kuni tuman prokuraturasi tomonidan mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|