17:57 Toshkentda koronavirus bemorlarining yana biri vafot etdi | |
Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlardan biri o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etgani to‘g‘risida ma'lum qildi. Endilikda O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 15 nafarga yetdi.
O‘zbekistonda koronavirus bemorlari o‘limi bilan bog‘liq holat oxirgi marta 26 may kuni Samarqandda qayd etilgandi. Shu vaqtgacha Toshkentda 6, Namanganda 4, Samarqandda 2, Farg‘ona va Surxondaryoda bittadan o‘lim ro‘y bergandi.
Manba: "kun.uz"
| |
|