10:18 Samarqandda mehmondorchilikka kelganlar janjallashdi. Bir kishi vafot etdi | |
Qayd etilishicha, joriy yilning 19 iyun kuni Oqdaryo tumani Pichoqchi mahallasida yashovchi fuqaro A.ning uyiga kelgan mehmonlar Sh. va A. o‘rtasida kelishmovchilik sabab janjal chiqqan. Fuqaro Sh.ning bosh sohasi va qorniga berilgan kuchli zarba sabab joriy yilning 24 iyun kuni uning sog‘lig‘i yomonlashgan. Pastdarg‘om tumani tibbiyot birlashmasida shifokorlar ko‘rsatgan tibbiy yordamga qaramay, u vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “d” bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|