17:57 Qashqadaryoda 3 ta avtomobil to‘qnashdi. Ikki kishi vafot etdi | |
Qayd etilishicha, kecha, 23 avgust kuni soat taxminan 20:30 atrofida S.X. boshqaruvidagi Damas rusumli avtomobilni M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining Qamashi tumani “Yuksalish” MFYdan o‘tgan qismida boshqarib ketayotgan vaqtda, yo‘lning o‘ng tomonida to‘xtab turgan B.A. boshqaruvidagi Damas'ning orqa qismiga urilgan. To‘qanshuvdan keyin B.A. boshqaruvidagi Damas yo‘lning o‘ng tomon chekka qismiga ag‘darilib ketib, yo‘lning chetki qismida harakatlanib ketayotgan piyoda E.O.ni urib yuborgan. Shundan so‘ng, S.X. boshqaruvidagi Damas boshqaruvini yo‘qotgan va mashinaqarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, YU.J. boshqaruvidagi Spark rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan. Oqibatda piyoda E.O. va Damas avtomobili haydovchisi S.X. og‘ir tan jarohati olib, vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Qamashi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|