12:32 Qashqadaryoda ikki kishi qishlog‘iga kelgan yigitni urib, o‘ldirib qo‘ydi | |
Qayd etilishicha, kecha, 12 avgust kuni taxminan soat 01:30 lar atrofida Chiroqchi tumani “Galabek” MFYda yashovchi fuqaro H.O. qo‘shni qishloqqa borganida fuqarolar A.M. va Q.M. bilan janjallashib qolgan. Fuqarolar A.M. va Q.M. H.O.ni do‘pposlab, tan jarohati yetkazgan. Shundan so‘ng, jabrlanuvchi H.O. Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi shifoxonasiga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay olgan tan jarohatlari sababli H.O. vafot etgan. Holat yuzasidan 12 avgust kuni Chiroqchi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqarolar A.M. va Q.M.ga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan ayblov eʼlon qilinib, Jinoyat-prossetsual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|