15:06 Andijonda IIB xodimi avtomobilida ikki nafar piyodani urib yubordi | |
Andijonda IIB xodimi avtomobilida ikki nafar piyodani urib yubordi
Andijonda Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi ikki nafar piyodani urib yubordi. Bu haqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, joriy yilning 9-dekabr kuni soat 22:00 larda Andijon viloyati IIB JXX YHXB xodimi E.M. xizmatdan so‘ng Asaka tumani, Qashqar MFY hududidan o‘tuvchi 4R-112E avtomobil yo‘lining 2-kilometrida “Spark” rusumli avtomobilda harakatlanib ketayotgan vaqtda avtomobil ko‘prigi ustidagi muzlamada transport vositasi sirpanib ketgan va rul boshqaruvini yo‘qotib qatnov qismining chetidan ketayotgan ikki nafar piyodani urib yuborgan. Oqibatda, 1994-yilda tug‘ilgan piyoda M.K. olgan tan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, 2004-yilda tug‘ilgan piyoda A.K. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 - moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: "Xabardor.uz"
| |
|